Login:
Parol:
    Parolni tiklash | Ro'yxatdan o'tish
00:04:07

Rooney - Top 10 Goal 2013/14

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:03:41

Rooney Top 10 Goals

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:09:31

Ronaldo vs Suarez

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:04:02

Luis Suarez Top 10 Goals

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:06:42

TOP 20 UEFA Champions League 2013/14

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:03:13

Liverpool голлар- Top 10

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:01:32

TOP 10 Arsenal

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:02:00

Transfer Hazard PSG да £50m?

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:02:00

Suarez Real Madrid €120m?

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:01:58

Top 10 Premier League

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
Главная » 2013 » Сентябрь » 25 » Liga Kubogi 1/16. "Manchester Yunayted" - "Liverpul" Preview!
10:16
Liga Kubogi 1/16. "Manchester Yunayted" - "Liverpul" Preview!
«Manchester Yunayted» - «Liverpul»

Stadion "Old Trafford", Manchester.
Turnir: Angliya Liga Kubogi 1/16
Chorshanba, 25 sentyabr 2013 yil
Boshlanish vaqti: 23:45 (Toshkent)
Bosh xakam: Mark Klattenburg.
Qanot xakamlari: Saymon Bek, Stiv Chayld.
Zahira xakam: Li Proberd.

O'YIN OLDIDAN MA'LUMOTLAR


"Manchester Yunayted"

"Qizil iblislar" tarkibida oldingi kabi Rafael va Jons jarohatdan hali qutilishganicha yo'q. Robin Van Persining maydonga tushishi esa so'roq ostida. Moyes qanotlarda Nani hamda Uilfrid Zahaga ishonch bildirmoqda.

Chetlatish: Yo'q

Jarohat olganlar: Rafael, Jons.

So'roq ostida: Van Persi.

"Liverpul"

Brendan Rojers Urugvay terma jamoasi a'zosi Luis Suraresni "Chelsi" klubi ximoyachisi Branislav Ivanovichni tishlab olgani uchun o'tagan 10 uchrashuvlik diskvalifikasiyadan so'ng yana maydonga qaytishga tayyor deb hisoblamoqda.

Chetlatish: Yo'q

Jarohat olganlar: Jonson, Sissoko, Koutinyo, Alenn, Koates.

So'roq ostida: Agger.

JAMOALAR HOLATI

"Manchester Yunayted" 

Oxirgi 6 uchrashuvda qayd etilgan natijalari (Barcha turnirlarda) +3=1-2

To'purar: Van Persi 6 gol (3 ta Ligada)

"Manchester Yunayted" 5- turdan so'ng Manchester derbisida "Sity"dan 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchraganidan so'ng Premer-liganing turnir jadvalida 7 ochko bilan 8-o'rinda bormoqda. 

"Yunayted" o'zi ishtirok etgan barcha turnirlarning so'nggi 6 uchrashuvida 3 g'alaba, 1 durang va 2 marotaba mag'lubiyatga uchragan. 

Ueyn Runi barcha turnirlarda "Liverpul"ga qarshi oxirgi uyda bo'lib o'tgan 3 uchrashuvda, 3 ta gol urgan. 

"Manchester Yunayted" Liga kubogini beshinchi bor yutib olishga harakat qilib ko'radi. Bungacha ular 1992, 2006, 2009 va 2010 yillarda bu sovrinni qo'lga kiritgan.

"Qizil iblilar" Liga kubogida 8 bora finalda ishtirok etgan. Ularning faqatgina 4 tasida g'alaba qozona olgan.

"Old Trafford"da bo'lib o'tgan Liga kubogining so'nggi 10 tasida "Yunayted" 1 bor mag'lubiyatga uchragan va 9 bora g'alaba qozongan.

O'tgan mavsumda "Yunayted" o'z yurishlarini Liga kubogining 4-bosqichida yakunlagan edi. O'shada klub safarda "Chelsi"dan qo'shimcha daqiqalarga qadar davom etgan o'yinda 5:4 hisobida mag'lubiyatga uchragan edi.

"Liverpul"

Oxirgi 6 uchrashuvda qayd etilgan natijalari (Barcha turnirlarda) +4=1-1

To'purar: Starridj: 6 gol (4 ta Ligada)

"Liverpul" 5 uchrashuvdan so'ng 10 ochko jamg'argan holda Premer-liganing 5 pog'onasida bormoqda. Ular so'nggi turda "Sautgempton" klubidan o'z uylarida 0:1 xisobida mag'lubiyatga uchragan.

"Liverpul" o'zining safarda o'tkazgan so'nggi 6 uchrashuvida biror marta ham mag'lubiyatga uchramagan. 4 g'alaba, 2 durang. 

Daniel Starridj "Yunayted"ga qarshi 2 uchrashuvda 2 bora gol urgan.

"Liverpul" Liga kubogida 8 bora g'alaba qozongan. Ular 1981, 1982, 1983, 1984, 1995, 2001, 2003, 2012 yillarda bu sovrinni qo'ga kiritishgan. Shuningdek uch bora finalda mag'lub bo'lishgan.

Mersisaydliklar Liga kubogining oxirgi safardagi 6 uchrashuvini o'z darvozalaridan 4 ta to'p olib chiqan holda g'alaba qozonishgan.

O'tgan mavsumda "Liverpul" Liga kubogining 4-bosqichida qo'shib berilgan daqiqalarda, shu kubokning bo'lg'usi sohibi "Suonsi" klubiga 1:3 xisobida mag'lubiyatga uchrashgan.

JAMOALAR O'RTASIDAGI UCHRASHUVLAR

Jamoalar o'zaro barcha musoboqalarda 188 marotaba to'qnash kelishgan. "Liverpul" 63 uchrashuvda g'alaba qozongan bo'lsa, "Yunayted" 74 uchrashuvda g'alaba qozongan. Yana 51 uchrshuvda kuchlar teng kelgan.

Liga kubogida jamoalar o'zaro to'rt bora to'qnash kelishgan. "Liverpul" 1983 (2:1), 2003 (3:1) yillarda finalda "Manchester Yunayted" ustidan g'alaba qozongan va 1985-yilda (2:1) Liga kubogining 4-bosqichida ham ustun kelgan. "Yunayted" esa "Old Trafford" o'yingohida 1990-yilda Liga kubogining 3-bosqichida g'alabaga erishgan (3:1).

"Old Trafford"da o'tgan barcha turnirlardagi so'nggi 5 uchrashuvining barchasida "Yunayted" g'alaba qozongan.

"Qizil iblislar" o'z maydonlarida "Liverpul"ga so'nggi bora 2009 yilning mart oyida Premer-ligada (1:4) imkoniyatni boy bergan edi.

JAMOALARNING LIGA KUBOGIDAGI SO'NGGI UCHRASHUVI

"Liverpul" - "Manchester Yunayted" 2:0

Sana: 2-mart 2003 yil
Turnir: Liga kubogi, Final.
Xakam: Pol Darkin
Gollar: Jerard 39, Ouen 86.

Manba: manutd.ru
Прикрепления: Foto 1
Категория: Ман Юнд | Просмотров: 320 | Добавил: ADMINSTRATOR | Рейтинг: 0.0/0
Хамма изохлар: 3

Fapl.uz: PERSI_20
0

Senlar o'zingni klubingni o'yla
Дата публикации: 25.09.2013 в 14:03 Спам[Материал]

Fapl.uz: Azar_92_Oskar
0

livepoolga omad.
Дата публикации: 25.09.2013 в 13:16 Спам[Материал]

Fapl.uz: Ruslan
0

Menimcha Liverpool yutsa k-k
Дата публикации: 25.09.2013 в 12:47 Спам[Материал]
Regdan o'tish uchun biz bilan bog'laning. 890 344 40 43
[ Регистрация | Вход ]