Login:
Parol:
    Parolni tiklash | Ro'yxatdan o'tish
00:04:07

Rooney - Top 10 Goal 2013/14

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:03:41

Rooney Top 10 Goals

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:09:31

Ronaldo vs Suarez

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:04:02

Luis Suarez Top 10 Goals

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:06:42

TOP 20 UEFA Champions League 2013/14

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:03:13

Liverpool голлар- Top 10

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:01:32

TOP 10 Arsenal

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:02:00

Transfer Hazard PSG да £50m?

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:02:00

Suarez Real Madrid €120m?

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:01:58

Top 10 Premier League

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
Главная » 2014 » Январь » 19 » "Chelsi" - "Manchester Yunayted" Preview!
10:02
"Chelsi" - "Manchester Yunayted" Preview!
«Chelsi» - «Manchester Yunayted» Preview!

Stadion: "Stemford Bridj", London.
Turnir: Premer-liga 22 - Tur.
Payshanba, 19 yanvar 2014 yil.
Boshlanish vaqti: 21:00 (Toshkent).
Bosh xakam: Fil Daut.
Qanot xakamlari: Mayk Mullarkey, Skott Ledjer.
Zahira xakam: Li Probert.

O'YIN OLDIDAN MA'LUMOTLAR

"Chelsi"


Ushbu uchrashuvda Frenk Lempard jarohatidan qutilgan holda safga qaytishi kerak. O'ng qanot ximoyachisi Bronislav Ivanovich mashg'ulotlarga kirishgan, ammo "Yunayted"ga qarshi maydonga tusha olmaydi. Jamoa yangi a'zosi Nemaniya Matich klub safiga kelib qo'shilgan va Joze Mourinoning so'zlariga ko'ra u uchrashuvni ilk daqiqalaridan boshlab harakat qiladi.

Chetlatish: Yo'q.

Jarohat olganlar: van Ginkel, Ivanovich.

So'roq ostida: Lempard.

Qaydnoma: Cech, Cole, Luiz, Essien, Ramires, Torres, Mata, Oscar, Mikel, Lampard, Schurrle, De Bruyne, Hazard, Ba, Willian, Schwarzer, Cahill, Terry, Azpilicueta, Eto'o, Blackman.

"Manchester Yunayted"

Jamoa yetakchi xujumchilari Runi va Robin van Persi "Stemford Bridj"dagi uchrashuvni o'tkazib yuborishadi. Runi mashg'ulotlarga kirishgan bo'lsada, ushbu uchrashuvda maydonga tushirilmaydi. Robin van Persi esa jarohati sabab bir oy mobaynida maydonga tusha olmadi va duyshanba kunidan boshlab mashg'ulotlarga kirishgan. 

Chetlatish: Fabio (1 o'yinga).

Jarohat olganlar: Nani, van Persi, Fellayni, Jons, Ferdinand, Yang, Runi.

So'roq ostida: Evra.

Qaydnoma: De Gea, Lindegaard, Smalling, Rafael, Evans, Vidic, Evra, Buttner, Valencia, Giggs, Carrick, Cleverley, Fletcher, Kagawa, Zaha, Hernandez, Welbeck, Januzaj.

JAMOALAR HOLATI

"Chelsi"


3-o'rin, 46 ochko.

Oxirgi 6 uchrashuvda qayd etilgan natijalari (Barcha turnirlarda) +5=1-0

"Ko'k"lar chempionatdagi oxirgi 6 uchrashuvda 5 bora g'alaba qozonib 1 bora durrang natija qayd etishgan. Ular shu 6 uchrashuvda o'z darvozalaridan bor yo'g'i 2 bora to'p olib chiqishgan. 

Klub "Stemford Bridj" stadionida chempionat doirasida so'nggi bor 2013-yilning 2 yanvarida "QPR" klubiga 1:0 xisobida imkoniyatni boy bergan edi. Shundan so'ng jamoa Premer-liga doirasida o'z uyida hali biror marotaba mag'lubiyatga uchragani yo'q 16 g'alaba, 3 durrang.

"Manchester Yunayted"

7-o'rin, 37 ochko.

Oxirgi 6 uchrashuvda qayd etilgan natijalari (Barcha turnirlarda) +3=0-3

"Qizil iblislar" turnir jadvalining 7-pog'onasida borishmoqa. Ushbu jamoa 1988-89 yilgi mavsumdan buyon bu pog'onadan o'rin olmagan edi. "Manchester Yunayted" chempionat doirasidan o'rin olgan safarda o'tgan 7 uchrashuvdan buyon mag'luboyatga uchramagan 5 g'alaba, 2 durrang.

"Manchester Yunayted" ilk bora 2000-01 mavsumda Premer-liganing 21-turiga qadar 6 mag'lubiyatga uchragan edi. 

Devid Moyes jamoasi yuqorida borayotgan klublarga qarshi 10 uchrashuvning faqatgina 2 tasida g'alaba qozona olgan: 2 g'alaba, 3 durrang, 5 mag'lubiyat.

Devid Moyes faoliyati davomida Premer-liganing "katta to'rtlik"ga kiruvchi "Arsenal", "Manchester Yunayted", "Chelsi" va "Liverpul" klublariga qarshi safarda xech qachon g'alaba qozona olmagan: 0 g'alaba, 18 durrang, 29 mag'lubiyat.

FUTBOLCHILAR VA REKORDLAR HAQIDA

"Chelsi"


To'purar: Azar - 10 gol (9 ta Ligada).

Xuan Mata "Manchester Yunayted"ga qarshi ilk daqiqalardan boshlab harakat qilgan oxirgi uch uchrashuvida uch bora gol urishga muvofaq bo'lgan.

Eden Azar ushbu mavsumda "Chelsi" tarkibida 9 ta gol urishga erishgan holda, o'tgan mavsumdagi ko'rsatkichini takrorladi.

Navbatdagi g'alaba Joze Mourino uchun "Chelsi" bosh murabbiyi sifatida Premer-ligadagi 100-g'alaba bo'ladi.

Portugaliyalik mutaxasis "Chelsi" bosh murabbiyi sifatida "Manchester Yunayted"ga o'z uy arenasida mag'lubiyatga uchramagan.

"Manchester Yunayted" 

To'purarlar: Runi 11 gol (9 ta Ligada), Van Persi 10 gol (7 Ligada).

Robin van Persi "Stemford Bridj"da qolgan futbolchilarga qaraganda ko'p gol urgan - 6 ta.

Xaver Ernandes "Chelsi"ga qarshi kechgan barcha turnirlardagi so'nggi 9 uchrashuvda, 6 bora gol urishga erishgan.

Daniel Uelbek Premer-liganing so'nggi 6 uchrashuvida 6 ta gol urishga erishgan.

Ueyn Runi "Chelsi"ga qarshi kechgan barcha turnirlardagi "Stemford Bridj"da o'tgan so'nggi 4 uchrashuvda 4 bora gol urishga erishgan.

JAMOALAR O'RTASIDAGI UCHRASHUVLAR

Ushbu klublar barcha musoboqalarda jami 169 bora o'zaro maydonga tushishgan. Shulardan 47 tasida "Chelsi", 72 tasida esa "Manchester Yunayted" g'alaba qozongan. Shuningdek 50 bora durrang natija qayd etilgan.

Premer-liga doirasida jamoalar 43 bora to'qnash kelishgan. Ushbu o'tgan uchrashuvlarda "Chelsi" ko'proq g'alabaga erishgan 14-13.

"Qizil iblislar" "Chelsi"ga qarshi kechgan barcha turnirlardagi "Stemford Bridj"da o'tgan 15 uchrashuvda faqatgina 2 bora g'alaba qozona olgan.

"Yunayted" "Chelsi" darvozasini so'nggi uch uchrashuvdan buyon ishg'ol eta olmayabdi. 

Ushbu klublar o'rtasida "Stemford Bridj"da kechgan oxirgi 4 uchrashuvda xakamlar darvozalar tomon 5 bora penalti belgilagan. 

Ushbu klublar o'rtasida "Stemford Bridj"da kechgan oxirgi 4 uchrashuvda jamoalar darvozalarga 21 to'p kiritishgan.

Xakamlar ushbu mavsumda simulyatsiya qilganligi uchun 13 futbolchini ogohlantirgan. Shulardan "Manchester Yunayted"ning 4, "Chelsi"ning 2 futbolchisi sariq kartochka bilan jazolangan, bu umumiy xisobdan 46% degani.

O'ZARO UCHRASHUVLAR

Liga (on APL): "Chelsi" 41, "Manchester Yunayted" 59 g'alaba, 43 durang.

APL: "Chelsi" 14, "Manchester Yunayted" 13 g'alaba, 16 durang.

O'TGAN MAVSUMDAGI UCHRASHUV

"Chelsi" - "Manchester Yunayted" 2:3


Sana: 28 - oktyabr 2012 yil.
Xakam: Mark Klattenburg.
Gollar: Luiz 4 (avtogol), van Persi 12, X. Ernandes 75. | Mata 44, Ramires 53.
Chetlatish: Ivanovich 63, Torres 68.

BIRINCHI DAVRADAGI UCHRASHUV

"Manchester Yunayted" - "Chelsi" 0:0


Sana: 26 - avgust 2013 yil.
Xakam: Martin Atkinson.

Manba: manutd.ru 
Просмотров: 650 | Добавил: ADMINSTRATOR | Рейтинг: 0.0/0
Хамма изохлар: 2

Fapl.uz: El-nino-9
0

Saytda vawe aql 6rgatadiganla k6payip ketipti t6risi
Дата публикации: 19.01.2014 в 20:41 Спам[Материал]

Fapl.uz: jon
0

m_dior togri etvoti admin akilli ol
Дата публикации: 19.01.2014 в 12:41 Спам[Материал]
Regdan o'tish uchun biz bilan bog'laning. 890 344 40 43
[ Регистрация | Вход ]