Login:
Parol:
    Parolni tiklash | Ro'yxatdan o'tish
00:04:07

Rooney - Top 10 Goal 2013/14

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:03:41

Rooney Top 10 Goals

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:09:31

Ronaldo vs Suarez

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:04:02

Luis Suarez Top 10 Goals

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:06:42

TOP 20 UEFA Champions League 2013/14

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:03:13

Liverpool голлар- Top 10

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:01:32

TOP 10 Arsenal

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:02:00

Transfer Hazard PSG да £50m?

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:02:00

Suarez Real Madrid €120m?

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:01:58

Top 10 Premier League

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
Главная » Статьи » Блог

"Manchester" derbisi...
Xurmatli saytimizning ashaddiy fanatlari sizga yaxshi ma'lumki Angliya Premier Ligasi butun dunyo ichidagi eng kuchli, eng qiziqarli va eng tezkor chempionat hisoblanadi. APL o'yinlarini futbolga umuman qiziqmidigan odam ham kuzatsa kerak. Ba'zi bir o'yinlar borki odam shu o'yinlarni ko'rib tili aylanmay qoladi va bazi bir hollarda esa "qotib qoladi". Mana shunday o'yinlardan biri "MANCHESTER" derbisi. Manchester derbilari har doim ham shiddatli, tezkor va gollarga boy ruhda o'tadi. Shuning uchun bu safargi BLOG imga MANCHESTER derbisini tanladim. Xa adashmadingiz, siz ham MANCHESTER derbisi so'zini eshitishingiz bilan darrov Ueyn Runining "fantastik" golini esga olasiz. Exe bu o'yinni dovrug'i 7 iqlimga yettiyov. Bu o'yinni jonli ko'rgan darmonda, pavtor ko'rgan armonda qoldi. Keling gapni ko'paytmasdan bu DRAMATIK match qanday va qay tarzda yuz berganligini eshitamiz!!!

Eng avvalo o'yin 12 fevral 2011 yil Manchester Yunaytedning uy stadioni OLD TRAFFORD da bo'lib o'tgan o'sha o'yinda 75 ming sig'adigan stadion liq to'lgan.

Eng avvalo o'yinni tarkiblar bilan tanishtirishdan boshlaymiz:
Manchester Yunayted:
1 Van der Sar
22 O'Shea
15 Vidic
12 Smalling
3 Evra
17 Nani
8 Anderson
24 Fletcher
18 Scholes
11 Giggs
10 Rooney

Bosh murabbiy: Sir Alex Ferguson

Manchester Sity:
25 Hart
2 Richards
4 Kompany
6 Lescott
5 Zabaleta
42 Toure
24 Vieira
32 Tevez
7 Milner
10 Dzeko
11 Wright-Phillips

Bosh murabbiy: Roberto Mancini

O'yinni Chris Foy boshqarib borgan.

O'yin ancha xavfli vaziyatlarga boy va shiddatli o'tdi. Birinchi bo'lib gol kiritish "Qizil iblislar" ga nasib etdi. Maydon markazida Giggs to'pni Runiyga uzatdi va Runiy to'pni 2 futbolchi orasidan 1 ga 1 chiqib borayotgan Naniga uzatadi, Nani esa bunday vaziyatlarni qo'ldan chiqarmaydigan futbolchilar toifasiga kiradi va uchrashuvda hisobni ochadi. Birinchi bo'lim 1-0 hisobida yakunlanadi. Ikkinchi bo'limda esa shaharliklar hujumi sal keskinroq bo'ldi va o'yinning 68 daqiqasida David Silva hisobni tenglashtiradi. Keyinchalik jamoalar e'tiborini to'pni ko'proq nazorat qilishga qaratishdi, ammo hujum qilishni ham unutishgani yo'q. Keyinchalik biz aytib o'tgan (kim buni qanday ataydi bu o'ziga havola lekin men "FANTASTIK" gol deb atayman) gol vaqti keldi.
O'yinning 78 yakunlanayotgan vaqtda Manchester Yunayted himoyadan hujumga o'ta boshlaydi. To'pni MYU liklar bir-birlariga uzatib maydon markazidan Kerrik to'pni Poul Skulsga u esa qanotdan ochilib borayotgan Naniga uzatdi, Nani esa boshini bir ko'tardida jarima maydoni ichida ochilib borayotgan Ueyn Runiyni ko'rdi va to'pni shunday qulay uzatib berdiki (XUddi og'ziga chaynab bergandek, Runiy esa yutsa bo'lgani edi) "qaychi" usulida to'pni tepsa bo'ladigandek edi, shunday ham bo'ldi Nani to'pni uzatdi to'p esa Zabaletaning yelkasiga tekkan holda "rikoshet"ga uchrab Runiyning bosh tomoniga keldi, Runiy esa o'ylab o'tirmasdan to'pga zarba berdi. Zarbaaaaaaaaaaaaaaaaaaa............. G o o o o o o o o o o o o o l . Go o o o o o o o o o o o o L. Runiiiiiiiiiiiyyy!!! deb qichqirvordi sharxlovchi. Men esa o'tirgan joyimda toshdek qotib qoldim keyinchalik bu gol qanday urilganing qayta namoyish etayotgandagina o'zimga keldim va darrov eng yaqin do'stim Dilshodga telefon qildim. DIlshod MYU ning eng ashaddiy muxlisi edi. Keyinchalik INTERNET manbalarida mutaxassislarning fikrlarini o'qib qo'ldim. Ba'zilar bu gol "Futbol tarixidagi eng chiroyli gol" deyishsa ba'zilar "shunchaki bu gol to'satdan vujudga kelib qoldi, Runiy yana shunaqa gol ura olmaydi" deyishdi. Lekin nima bo'lganda ham butun OLD TRAFFORD "GOOOOOLLL" deb baqirishdi, ularga qo'shilib qolgan maydonda harakat qilayotgan futbolchilar ham baqirishdi, zahiradagilar ham baqirishdi, ammo bir kishi baqirmadi, u kim deysizmi u kishi Sir Alex Ferguson edi chunki baqiray desa tili aylanmay golni nishonlay desa toshdek qotib qolgandi, keyinchalik o'ziga kelib u ham gooooolllll degancha qo'llarini tepaga ko'tarib turdi. (Og'zida esa har doimgiday saqichi bilan). O'yin yakunlangandan so'ng ham bir necha daqiqa stadion hayqiriqdan to'xtamay turdi, hamma esa Runiyni kelib tabriklar, quchoqlar va qo'l berib tabriklashar edi. Ex qanday uchrashuv bo'lib o'tgandiyaaaaa keyinchalik bu "achinarli" mag'kubiyatni alamini SHAHARLIKlar olishdi. OLD TRAFFORD da MYUni 1-6 hisobida tor-mor qilishdi. Afsus Runiy urgan goldan MYUga urisholmadida..... O'sha uchrashuvdan so'ng 1 hafta o'tib APL rahbariyati Runiyning golini APL tarixidagi eng chiroyli gol deb topishgan...

Hurmatli fanatlar: BLOG haqidagi fikr va mulohazalaringizni, yoqqan va yoqmagan so'zlarga izohingizni umuman qanday fikrda ekanligingizni yozib qoldirsangiz!!!

Tayyorladi: crishitogoal. cR7
Категория: Блог | Добавил: crishitogoal (22.07.2013)
Просмотров: 632 | Рейтинг: 5.0/1
Вот здесь много статей про заработок в интернете, SEO, SMM.
А вот это - социальная сеть для блоггеров и вебмастеров.
Также есть сайт, где можно смотреть фильмы онлайн без регистрации.
Также можете посетитьь автомобильный портал и .
популярный автомобильный блог с обзорами авто.
Уделите также внимание шаблонам для вордпресс , которые можно скачать бесплатно и на любую тематику.