Login:
Parol:
    Parolni tiklash | Ro'yxatdan o'tish
00:04:07

Rooney - Top 10 Goal 2013/14

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:03:41

Rooney Top 10 Goals

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:09:31

Ronaldo vs Suarez

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:04:02

Luis Suarez Top 10 Goals

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:06:42

TOP 20 UEFA Champions League 2013/14

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:03:13

Liverpool голлар- Top 10

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:01:32

TOP 10 Arsenal

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:02:00

Transfer Hazard PSG да £50m?

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:02:00

Suarez Real Madrid €120m?

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:01:58

Top 10 Premier League

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
Главная » 2014 » Январь » 1 » "Manchester Yunayted" - "Tottenxem" Preview!
13:29
"Manchester Yunayted" - "Tottenxem" Preview!

«Manchester Yunayted» - «Tottenxem» Preview!

Stadion: "Old Trafford", Manchester.
Turnir: Premer-liga 20 Tur.
Chorshanba, 01 yanvar 2014 yil.
Boshlanish vaqti: 22:30 (Toshkent).
Bosh xakam: Xorvard Uebb.
Qanot xakamlari: Mayk Mullarkey, Darren Kann.
Zahira xakam: Neyl Suorbrik.

O'YIN OLDIDAN MA'LUMOTLAR

"Manchester Yunayted"


"Qizil iblislar" Ueyn Runini holatiga qaragan holda bu uchrashuvda uni maydonga tushirish yoki tushmasligini hal qiladi. Robin van Persi esa bu uchrashuvda jamoadoshlariga yordam bera olmaydi. 

Chetlatish: Yo'q.

Jarohat olganlar: Rafael, Jons, Nani, Fellayni, van Persi.

So'roq ostida: Runi.

Qaydnoma: De Gea, Lindegaard, Johnstone, Rafael, Smalling, Ferdinand, Evans, Evra, Vidic, Fabio, Valencia, Nani, Carrick, Fletcher, Cleverley, Giggs, Anderson, Young, Zaha, Januzaj, Rooney, Welbeck, Kagawa, Hernandez.

"Tottenxem"

"Shporlar" tarkibida Paulinyo ushbu uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. Kayl Uoker esa diskvalifikasiya muddatini o'tab safga qaytdi va bu uchrashuvda maydonga tushirilishi mumkin. Shuningdek bu uchrashuvda Defo va Denni Rouzlarning maydonga tushirilishi so'roq osida.

Chetlatish: Yo'q.

Jarohat olganlar: Keyn, Taunsend, Raneri, Kobul, Vertongen, Paulinyo.

So'roq ostida: Defo, Denni Rouz.

Qaydnoma: Lloris, Friedel, Walker, Naughton, Fryers, Rose, Dawson, Chiriches, Veljkovic, Capoue, Dembele, Lennon, Fredericks, Bentaleb, Sigurdsson, Eriksen, Chadli, Lamela, Holtby, Adebayor, Defoe, Soldado.

JAMOALAR HOLATI

"Manchester Yunayted"


6-o'rin, 34 ochko.

Oxirgi 6 uchrashuvda qayd etilgan natijalari (Barcha turnirlarda) +6=0-0

"Manchester Yunayted" oxirgi o'tkazgan barcha turniralardagi 6 uchrashuvida g'alaba qozondi. Ularning 4 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Bu natija ularning 2012-yil avgust-sentyabr oylaridan buyon ko'rsatgan eng yaxshi g'alabali natijalari xisoblanadi. 

Devid Moyes jamoasi chempionat doirasidagi oxirgi 13 uchrashuvdan 8 tasida g'alaba qozonib, ikki bora mag'lubiyatga uchrashgan.

"Yunayted" chempionat doirasida 76 uchrashuvdan buyon penaltidan gol o'tkazib yuborishmagan.

"Tottenxem"

7-o'rin, 34 ochko.

Oxirgi 6 uchrashuvda qayd etilgan natijalari (Barcha turnirlarda) +3=1-2

"Shporlar" Premer-liganing so'nggi 3 uchrashuvida 7 ta gol urishga erishdi. Andre Villash-Boash boshchiligidagi "Tottenxem" esa oxirgi 7 uchrashuvda 7 ta gol kirita olgan edi.

O'tgan turda "Stok Siti" ustidan 3:0 xisobida qozonilgan g'alaba, "Tottenxem" uchun Premer-ligada 2012 yilning 26 dekabrida "Aston Villa" ustidan qozonilgan 4:0 xisobidagi g'alabadan so'ng eng yirik g'alaba bo'ldi.

"Tottenxem" bu mavsumda qolgan klublarga qaraganda ko'proq penalti tepishmoqda (4). Ularning barchasini Roberto Soldado amalga oshirmoqda.

FUTBOLCHILAR VA REKORDLAR HAQIDA

"Manchester Yunayted"

To'purarlar: Runi 11 gol (9 ta Ligada), van Persi 10 gol (7 Ligada)

Ueyn Runi chempionat doirasida ushbu mavsumda "qizil iblislar"ning 28% golini urgan. 

Runi chempionat doirasida "shporlar" darvozasini 9 bora ishg'ol qilgan. U so'nggi 6 uchrashuvda 7 bora "shporlar"ni xafa qilgan.

Denni Uelbek Premer-liganing so'nggi 4 uchrashuvida 4 ta gol kiritib 1 bora goli uzatma amalga oshirgan.

Agarda Maykl Kerrik bu uchrashuvda maydonga tushirilsa, u holda Kerrik sobiq klubiga qarshi maydonga tushgan bo'ladi.

"Tottenxem"

To'purar: Soldado 8 gol (5 Ligada).

Agarda Zeki Frayers bu uchrashuvda maydonga tushirilsa, u holda Frayers sobiq klubiga qarshi maydonga tushgan bo'ladi.

JAMOALAR O'RTASIDAGI UCHRASHUVLAR

Ushbu klublar barcha musoboqalarda jami 179 bora o'zaro maydonga tushishgan. Shulardan 84 tasida "Manchester Yunayted", 47 tasida esa "Tottenxem" g'alaba qozongan. Shuningdek 48 bora durrang natija qayd etilgan.

"Shporlar" Premer-liga doirasida "Yunayted"ga qarshi so'nggi 25 uchrashuvda faqatgina bir bora g'alabaga erishgan - 1 g'alaba, 7 durrang, 17 mag'lubiyat.

"Tottenxem" chempionat doirasida "Old Trafford"da o'tgan 19 uchrashuvdan 13 tasida "Yunayted" darvozasini ishg'ol qila olmagan.

Ikkinchi tomondan "Yunayted" chempionat doirasida 3 uchrashuvdan buyon "Tottenxem"ni mag'lubiyatga uchrata olmayabdi - 2 durrang, 1 mag'lubiyat.

O'ZARO UCHRASHUVLAR

Liga (on APL): "Manchester Yunayted" 76, "Tottenxem" 36 g'alaba, 41 durang.

APL: "Manchester Yunayted" 29, "Tottenxem" 4 g'alaba, 10 durang.

O'TGAN MAVSUMDAGI UCHRASHUV

"Tottenxem" - "Manchester Yunayted" 1:1

20 yanvar 2013 yil.
Xakam: Kris Foy.
Gollar: "Tottenxem": Dempsi 90+3 | "Yunayted": van Persi 25.

BIRINCHI DAVRADA KECHGAN UCHRASHUV

"Tottenxem" - "Manchester Yunayted" 2:2

Sana: 1 dekabr 2013 yil.
Xakam: Mayk Din.
Gollar: "Yunayted": Runi 32, 57 (p). "Tottenxem": Uoker 18, Sandro 54.


Manba: manutd.ru

Категория: Тоттенхэм | Просмотров: 300 | Добавил: ADMINSTRATOR | Рейтинг: 0.0/0
Хамма изохлар: 0
Regdan o'tish uchun biz bilan bog'laning. 890 344 40 43
[ Регистрация | Вход ]