Login:
Parol:
    Parolni tiklash | Ro'yxatdan o'tish
00:04:07

Rooney - Top 10 Goal 2013/14

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:03:41

Rooney Top 10 Goals

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:09:31

Ronaldo vs Suarez

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:04:02

Luis Suarez Top 10 Goals

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:06:42

TOP 20 UEFA Champions League 2013/14

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:03:13

Liverpool голлар- Top 10

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:01:32

TOP 10 Arsenal

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:02:00

Transfer Hazard PSG да £50m?

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:02:00

Suarez Real Madrid €120m?

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
00:01:58

Top 10 Premier League

  • Просмотры:
  • Всего комментариев: 0
  • Рейтинг: 0.0
Главная » 2013 » Декабрь » 4 » "Manchester Yunayted" - "Everton" Preview!
22:52
"Manchester Yunayted" - "Everton" Preview!
«Manchester Yunayted» - «Everton» Preview!

Stadion: "Old Trafford", Manchester.
Turnir: Premer-liga 14 Tur.
Chorshanba, 04 dekabr 2013 yil.
Boshlanish vaqti: 00:45 (Toshkent)
Bosh xakam: Martin Atkinson.
Qanot xakamlari: Xarri Lennard / Styuart Barn.
Zahira xakam: Robert Medli.

O'YIN OLDIDAN MA'LUMOTLAR

"Manchester Yunayted"


Ushbu uchrashuvni Fil Jons sariq kartochkalar ko'payib qolganligi bois o'tkazib yuboradi. Uning o'rniga markazda Giggs yoki Fellayni maydonga tushirilishi mumkin.

Chetlatish: Jons (1 o'yinga)

Jarohat olganlar: Kerrik.

So'roq ostida: van Persi.

Qaydnoma: De Gea, Lindegaard, Amos, Rafael, Smalling, Ferdinand, Evans, Evra, Vidic, Fabio, Valencia, Nani, Jones, Fellaini, Cleverley, Giggs, Anderson, Young, Zaha, Januzaj, Van Persie, Kagawa, Rooney, Hernandez.

"Everton"

Uchrashuvdan oldin Martines Leyton Beyns kutilgandan ko'ra tezroq oyoqqa turayotganini takidlab o'tdi. Lekin Beynsning aniq maydonga qaytish kunini aniq ayta olmasligini takidlab o'tgan.

Chetlatish: Yo'q

Jarohat olganlar: Gibson, Kone, Beyns.

So'roq ostida: Yo'q.

Qaydnoma: Howard, Coleman, Jagielka, Distin, Oviedo, Barry, McCarthy, Mirallas, Osman, Pienaar, Lukaku, Robles, Stones, Heitinga, Barkley, Naismith, Jelavic, Deulofeu.

JAMOALAR HOLATI

"Manchester Yunayted" 


8-o'rin, 22 ochko.

Oxirgi 6 uchrashuvda qayd etilgan natijalari (Barcha turnirlarda) +3=3-0

"Manchester Yunayted" barcha turnirlarining oxirgi 12 uchrashuvidan buyon mag'lubiyatga uchramadi.

"Qizil iblislar" 13 turdan so'ng 22 ochko to'plagan holda 2004/05 mavsumdan buyon qayd etilgan eng yomon ko'rsatkichni qayd etishmoqda. O'sha mavsumda "mankunianlar" 13 turdan so;ng 21 ochko jamg'arishga erishgan holda chempionatni to'rtinchi o'tin bilan yakunlashgan.

"Everton" 

5-o'rin, 24 ochko.

Oxirgi 6 uchrashuvda qayd etilgan natijalari (Barcha turnirlarda) +3=3-0

"Irislar" chempionatdagi oxirgi 14 safarda o'tkazgan uchrashuvlarida bor yo'g'i 2 marotaba g'alaba qozona olishgan +2=7-5

"Everton" premer-liganing ushbu mavsumida safarda o'tkazayotgan uchrashuvlarda qolgan klublarga qaraganda o'z darvozalari tomon kam zarba qabul qilib olgan - 16 marotaba.

FUTBOLCHILAR VA REKORDLAR HAQIDA

"Manchester Yunayted"


To'purarlar: Van Persi 10 gol (8l igada), Runi 10 gol (7 ta ligada).

Ueyn Runi premer-liganing ushbu mavsumida jamoaning 59% gollarida ishtirok etgan - 8 ta gol, 5 ta goli uzatma.

Robin van Persi "Everton"ga qarshi asosisiy tarkibda maydonga tushgan so'nggi 10 uchrashuvida 6 bora gol kiritib, 5 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Ueyn Runi ushbu uchrashuvda gol kirita olsa u holda bu gol uning "MYu" tarkibida premer-ligada kiritgan 150-goli bo'ladi. APL klublari orasida bu ko'rsatkich bo'yicha Teri Anri "Arsenal" uchun 175 bora to'p kiritgan holda yetakchilik qilmoqda.

Devid Moyes "Yunayted" bosh murabbiyi sifatida o'zining sobiq jamoasiga qarshi birinchi uchrashuvini o'tkazadi. U premer-ligada "irislar" bosh murabbiyi sifatida 427 uchrashuv o'tkazib 173 g'alaba, 131 bor mag'lubiyatga uchragan. Moyes "Manchester Yunayted"ni biror marotaba ham "Old Trafford"da mag'lub eta olmagan.

Agarda bu uchrashuvda Rayan Giggs maydonga tushsa, u holda APLda 40 yoshida maydonga tushgan 4-futbolchiga aylanadi. Bundan oldin Tеddi Shеringеmоm Gоrdоnоm Strachanоm va Kеvinоm Fillipsоm ham 40 yoshida APL maydonlarida harakat qilishgan.

"Everton"

To'purar: Lukaku - 8 gol (8 ta ligada)

Romelu Lukaku "Yunayted"ga qarshi oxirgi bora "Vest Bromvich" tarkibida 2013-yilning may oyida harakat qilgan bo'lib, o'shanda "qizil iblislar" darvozasiga 3 bora to'p kiritishga erishgan, uchrashuv esa 5:5 xisobida yakun topgan.

Belgiyalik ushbu forvard premer-ligada "Yunayted" darvozasiga 3 ta gol kirita olgan Dirk Kuyt va Devid Bentlidan so'ng uchunchi futbolchiga aylandi.

Agar Tim Xorvard, Maruan Fellayni va Darron Gibsonlar maydonga tushirilsa u holda ular o'zlarining sobiq jamoalariga qarshi maydonga tushgan bo'lishadi.

JAMOALAR O'RTASIDAGI UCHRASHUVLAR

Ushbu klublar barcha musoboqalarda jami 186 bora o'zaro maydonga tushishgan. Shulardan 81 tasida "Manchester Yunayted", 63 tasida esa "Everton" g'alaba qozongan. Shuningdek 42 bora durrang natija qayd etilgan.

"Everton" so'nggi bora "Orzular teatri"da 1992-yilning 19 avgust kuni 0:3 xisobida Piter Bernsli, Robet Varjixa va Mo Jonstonlarning gollari evaziga 0:3 xisobida g'alaba qozongan.

1992-yilning avgustidan so'ng "Everton" "Old Trafford"ga 20 bora tashrif buyurgan bo'lsada birorta uchrashuvda ham g'alaba qozona olmagan - 4 durrang, 16 mag'lubiyat.

"Manchester Yunayted" premer-ligada "Everton"ga boshqa klublarga qaraganda ko'proq gol urgan - 84 ta.

O'ZARO UCHRASHUVLAR

Liga (on APL): ""Manchester Yunayted" 74, "Everton" 54 g'alaba, 40 durang.

APL: "Manchester Yunayted" 29, "Everton" 4 g'alaba, 6 durang.

O'TGAN MAVSUMDAGI UCHRASHUV

"Manchester Yunayted" - "Everton" 2:0


10 fevral 2013 - yil.
Xakam: Mark Xalsi.
Gollar: "Yunayted": Giggs 13, van Persi 45.

Manba: manutd.ru
Прикрепления: Foto 1
Категория: Ман Юнд | Просмотров: 335 | Добавил: ADMINSTRATOR | Теги: fapl.uz | Рейтинг: 0.0/0
Хамма изохлар: 0
Regdan o'tish uchun biz bilan bog'laning. 890 344 40 43
[ Регистрация | Вход ]